Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta o‘smir bolalarni katta yoshli erkak urayotgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur voqea zudlik bilan Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Aniqlanishicha, 2023-yil 15-dekabr kuni Chust tumani "Guliston" MFY hududidagi 2-son kasb hunar-maktabi direktor o‘rinbosari A.N. dars vaqtida sababsiz o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotganligi vaji bilan maktab o'quvchilari 2007-yilda tug‘ilgan M.S., M.A. va 2006-yilda tug‘ilgan Yu.D., F.A larni kaltaklagan.
Ushbu holat yuzasidan Chust tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13003 | Инструменты