Navoiy viloyati hokimi o'z kreslosini yoshlarga "bo'shatib berdi"
Yoshlar parlamenti a'zolari, viloyat sardorlar Kengashi vakillari, yoshlar yetakchilari hamda O'zbekiston Yoshlar Ittifoqida faoliyat yuritayotgan bir guruh ko'ngillilar "Yoshlar festivali" doirasida viloyat hokimi Q. Tursunov bilan uchrashishdi.
Bu galgi uchrashuv noodatiy tarzda bo'lib o'tdi. Har doim ham hokim kursisiga o'tirib, uning salobatini hamda mas'uliyatini his qilish imkoni yo'q.Navoiy viloyati hokimi yoshlarga ana shu imkonni berdi.
Ular hokimlikning barcha mas'uliyati, og'ir-yengilini to'la his etishlari uchun hokim o'rnida "topshiriqlar" berishga ham ruxsat etildi. Har bir topshiriq ijrosidan kelib chiqib, uning maqsadi, ishlash mexanizmi va negizidagi muammo-yechimlari yuzasidan xulosalar berildi.
"Kuchli davlat ortida doim salohiyatli, yuqori saviyali insonlar turadi. Sizlarni Vatanimizning bilimli, salohiyatli, dunyoqarashi keng insonlar bo'lib yetishishingiz davlatimiz rahbarining o'z oldiga qo'ygan asosiy maqsadidir. Yurtboshimizning ana shu kabi ulug' maqsadlarini amalga oshirishda yaqin ko'makchi bo'lish ularning viloyatlardagi vakili bo'lmish biz hokimlarning asosiy vazifalarimizdan biri sanaladi. Lekin bu uchun sizda ham intilish va harakat bo'lishi lozim"- dedi Navoiy viloyat hokimi Qobil Tursunov
"Yosh hokimlar" Qobil Beknazarovchdan hayoti hamda ish faoliyati to'g'risida o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.
Viloyat hokimi bilan bo'lib o'tgan bu uchrashuv yoshlarda unutilmas yorqin taassurot qoldirdi. Eng muhimi, bugungi bevosita muloqot har bir yoshda nafaqat kuchli ishtiyoq, shuningdek, rahbarlikning butun mas'uliyatini yurakdan his etishda samarali omil bo'lgani ham shubhasiz.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12720 | Инструменты