Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov, Energetika vaziri Alisher Sultonov va boshqa masʼul mutaxassislar Navoiy viloyatidagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurilish maydoniga bordi
Mazkur stansiya Prezident qaroriga muvofiq, Davlat-xususiy sherikligi asosida Birlashgan Arab Amirliklarining “Abu Dhabi Future Energy Company – Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining Karmana tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.
Hozirgi kunda yer maydonida boshlangʻich ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda, mutaxassislar uchun lagerlar qurish, texnik suv va elektr energiyasi hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlash ishlari olib borilmoqda. Lagerlar poydevorlari qurib bitkazildi. Hozirda, yer maydonini tekislash va toʻsiqlar bilan oʻrab chiqish ishlari yakunlangan boʻlib, elektr stansiyasi 2021-yilning toʻrtinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur investitsiya loyihasining umumiy qiymati 110 million AQSH dollariga baholangan va investor (“Masdar” kompaniyasi) tomonidan 100 foiz toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12720 | Инструменты