Noyob koxlear operatsiya endi O‘zbekistonda

Poytaxtimizdagi Invivo klinikasida Koxlear implantini o‘rnatish bo‘yicha operatsiya amalga oshirildi. Mazkur jarayon Avstraliya va Rossiyadan tashrif buyurgan hamda Invivo klinikasi professorlari tomonidan o‘tkazildi. Endilikda Koxlear implanti o‘rnatilgan ushbu insonlar har xil tovushlarni xususan yaqinlarining, ota-onasining ovozini eshitish imoniyatidan baxramand bo‘lishadi. Jarroxlik operatsiyasi jarayonini shuningdek yurtimiz otolaringolog jarroxlari hamda bo‘lajak shifokor magistrlar to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib turishdi. Bugungi kunda koxlear implantatsiya eshitish qobiliyati past yoki butkul gung bemorlarni davolashning yagona samarali usuli hisoblanadi. Invivo klinikasida tashkil etilgan Cochlear kompaniyasining simpoziumi aynan koxlear implantini bemorlarga o‘rnatish va uning ahamiyatiga bag‘ishlandi. Simpozium jarayonida shuningdek Koxlear implantini o‘rnatish bo‘yicha operatsiya ham amalga oshirildi. Qayd etish kerakki, koxlear implanti O‘zbekistonga birinchi marta rasmiy tarzda olib kirilib bemorlarga o‘rnatildi.

 Cochlear kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menedjeri Davide Profeta:

- Bizning kompaniya 30yil avval o‘za faoliyatini boshlagan. Birinchi koxlear implantlari esa ilk marotaba Avstraliyada yaratilgan. Biz O‘zbekistonda 1yarim yildan beri ishlayapmiz. Aynan o‘shanda biz Invivo klinikasi bilan kelishuv imzoladik. Mana endilikda O‘zbekiston bozoriga koxlear implantini rasman olib kiryapmiz. Kecha 5 nafar  bemorga bugun yana bir bemorga koxlear implantini o‘rnatmoqdamiz. Biz O‘zbekiston bilan xususan Invivo klinikasi bilan hamkorlikda ko‘plab insonlarga yordam berishimizdan mamnunmiz.

 Ma’lumot o‘rnida aytish joizki Koxlear implanti juda qulay,  shu bilan birga eng so‘nggi zamonaviy toxnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan. Buning oddiy eshitish apparatidan farqli jixati shundaki, u nafaqat eshitish qobiliyatini yaxshilaydi, balki butunlay gung insonlarga ham ovozlar tovushlardan baxramand bo‘lish ya’ni eshitish qobiliyatini tiklab beradi. Ko‘pchilik fuqarolar tug‘ma eshitish qobiliyatidan mahrum holda dunyoga kelsa, ayrimlar turli kasalliklarning asoratidan yoki antibiotiklarning notog‘ri qo‘llanilishi oqibatida kar yoki butunlay gung bo‘lib qolishadi.  

 Tibbiyot fanlari nomzodi Vigen Baxshinyan: бирга энг сўнгги замонавий тохнологиялар асосида ишлаб чиқарилган. беришимиздан мамнунмиз.

- Biz Rossiya Federatsiyasi audiologiya va eshitish organlarini protezlash federal tibbiy-biologik agentligi vakillarimiz. Biz O‘zbekistonga kelganimizdan hamda Invivo klinikasi bilan koxlear implantatsiyalar va boshqa usullar bo‘yicha  ilmiy va amaliy hamkorlik boshlayotganimizdan juda mamnunmiz. Bu juda muhim, chunki bugungi kunda koxlyar implantatsiya eshitish qobiliyati past yoki butkul gung bemorlarni davolashning yagona samarali usuli bo‘lib turibdi. Bu ayniqsa bolalar uchun muhim. Hozirgi paytda Moskvadagi klinikamizda 3 mingdan ortiq bemor koxlyar implantatsiyadan keyingi nazoratdan o‘tmoqda. Kelgusida O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan  operatsiyalarni o‘tkazish, reabilitatsiya jarayoniga tayyorgarlik va uni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlikni davom ettiramiz.

Shifokorlar  bergan ma’lumotlarga ko‘ra Koxlear impantatsiyada jarrohlik amaliyotini amalga oshirish bilan ish bitmaydi, aksincha hammasi shundan keyin  boshlanadi. Chunki ijobiy natijaga erishish uchun reabilitatsiya jarayonidan o‘tish kerak. Bu juda katta mehnat va  uzoq vaqt talab qiladi. Operatsiyadan keyin bolalar surdo-pedagog bilan mashg‘ulot o‘tkazishlari lozim, sababi ularni eshitishga, tinglashga va so‘zlashishga o‘rgatish zarur bo‘ladi. Faqat shundagina natija bo‘lishi mumkin.

 Rossiyalik professor Neylya Mileshina: 

- Hozir eshitmaydigan bemor operatsiyaga tayyorlanmoqda. Bu vaziyatda unga yordam beruvchi yagona usul bu – koxlear implantatsiya bo‘ladi. Unda ushbu operatsiya samarali bo‘lishi uchun kerakli salohiyat bor. Ayni damda bemor narkoz xolatida va biz operatsiyani boshlaymiz.

 Operatsiya jarayonida implant quloqning orqa terisi ostiga o‘rnatildi. Bu juda nozik terili insonlarga ham qulaydir. Bundan tashqari bu apparatga ko‘nikish qulay shuningdek bolalar uchun maxsus akua g‘iloflar ham mavjud bo‘lib bunda bolajonlar bemalol suzish mashg‘ulotlarida ham qatnashishlari mumkin .

 Invivo klinikasi direktori Zebo Karimova: 

- 2 kundirki Klinikamizda   koxlear implantatsiya bo‘yicha oyepratsiya  o‘tkazilmoqda. Kecha 5 nafar bemorga koxlear implant o‘rnatildi. Ularning yoshi har xil edi. Bir yoshli go‘dakdan tortib, katta yoshdagi bemorlar ham bor. Ularning xammasida karlik bo‘lib, umuman eshita olishmasdi. Bu qobiliyatni yo‘qotishganiga sabab ham turlicha. Bugungi bemorimiz 2 yarim yoshli bolakay bo‘lib, u 6 oylik paytida “gentomitsin” dorisini olgandan keyin eshitmay qolgan. Bu preparatning shunday nojo‘‘ya ta’siri bor. Bolakay gapira olmaydi, ya’ni butkul kar-soqov. Uning chap qulog‘iga koxlear implant o‘rnatildi. Bir oydan keyin implant birinchi marta  ulanadi. Shundan keyin bolakay bilan pedagog ishlab, uning nutqini rivojlantiradi. Xozirgi operatsiya vaqtida implant sinab ko‘rildi, u o‘rta quloqda turibdi, signal bor, demakki bola eshitadi. Endi biz ular bilan intensiv ishlab, bemorlarimizga eshitish qobiliyatini qaytarishga umid qilamiz.

 Yurtimiz tibbiyot sohasida olib borilayotgan mana shunday islohotlar fuqarolarimiz uchun bir qator qulayliklarini taqdim etadi. Endilikda ular mana shunday operatsiyalar  uchun boshqa davlatlarga borishlari shart emas. 

Izohlar: 7
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Umarova Maftuna
    17
    Umarova Maftuna 6 yil avval

    Narxi nechpul

  • Hayitov Jamoliddin
    27
    Hayitov Jamoliddin 8 yil avval

    Bilmoqchi edim narxi qancha operatsianing


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110217 | Инструменты