Huawei 1
Nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun yig'im undirilmaydi

Vazirlar Mahkamasining qarori (30-son, 22.01.2025 y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Unga ko'ra, Hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi:

— maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun elektron-onlayn auksion savdolari g'olibi bo'lgan yuridik shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini olish uchun qayta davlat ro'yxatidan o'tkazilishini amaliyotga tatbiq etiladi;

— yuridik shaxsni qayta davlat ro'yxatidan o'tkazishda soliq va kadastr ma'lumotlar bazalaridan qat'iy foydalanadi;

— O'zbekiston Respublikasiga sanoat sohasidagi nufuzli xalqaro brend mutaxassislarini jalb qilishda yig'im undirilishidan ozod etiladi;

— milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning O'zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish tartibi soddalashtiriladi.

Avvalroq, milliy mahsulot va brendlar xalqaro “marketpleys”larda keng targ‘ib qilinishi haqida xabar qilingandi. Bu bo'yicha “To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Mavzuga oid:

Jahon brendlari bilan hamkorlik qilgan ishlab chiqaruvchilar 1 million dollar miqdorida grant oladi

Nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga bir qancha imkoniyatlar beriladi

Maqola muallifi: Malika Norboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12418 | Инструменты