Huawei 1
AQShda 500 dan ortiq muhojir hibsga olindi

Qo'shma Shtatlarda 538 nafar noqonuniy muhojir qo'lga olindi, 373 kishini hibsga olishga order berildi. Bu haqda Oq uy ma'muriyati ma'lum qildi.

Bayonotda, AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) tomonidan mamlakatning turli mintaqalarida 538 nafar noqonuniy muhojir hibsga olingani qayd etildi.

“Bu Prezident maʼmuriyati davlatimiz chegaralarini himoya qilish boʻyicha koʻriladigan qadamlarning oldindan koʻrinishi”, — deyiladi bayonotda.

X ijtimoiy tarmog‘ida qo‘lga olinganlarning ayrimlarining ism-shariflari va jinoyatlari e’lon qilindi.

Hibsga olingan Nyuark meri Ras Barakaning aytishicha, rasmiylar odamlarni vahimaga solayotganini kuzatib turmaydi.

Merning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olinganlardan biri AQSh faxriysi bo‘lgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Tramp antimigrant siyosatini amalga oshira boshlagani haqida xabar bergan edik. Unga ko'ra, Tramp noqonuniy muhojirlarga AQShning janubiy chegarasini Meksika bilan kesib o‘tishni taqiqladi, shuningdek, vakolatli idoralarga bu yo‘l bilan kirganlarni deportatsiya qilishga ruxsat berdi. Bu hujjatning qabul qilinishi bevosita O'zbekiston uchun ham taalluqli hisoblanadi. 

Maqola muallifi: I. Farhodova

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12500 | Инструменты