Huawei 1
Isroil armiyasi Jenin shahriga hujumlarini kuchaytirdi

Isroil qo'shini ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohil shimolidagi Jenin shahri va qochqinlar lageriga hujumlarini kuchaytirib, to'rt kundan beri amaliyot o'tkazmoqda. Bu haqda Euronews xabar bermoqda

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi Jenin lageriga qo‘shimcha kuchlar yuborgan, u yerda portlash va jangovar tovushlar eshitilgan. So‘nggi kunlarda ekskavatorlar yordamida infratuzilma va do‘konlarning vayron bo‘lishi ham qayd etilgan.

19-yanvar kuni G‘azoda sulhga erishgach, Isroil armiyasi 21-yanvar kuni Jenin shahri va uning atrofida “Temir devor” operatsiyasini boshladi.

Jenin va qochqinlar lagerida davom etayotgan hujumlarda 12 falastinlik halok bo’ldi, 50 ga yaqini yaralandi. Shuningdek, suv taʼminoti, elektr energiyasi va telekommunikatsiya infratuzilmasiga zarar yetkazilgani, bu tizimlarda uzilishlarga olib kelgani, uylar ham vayron boʻlgani xabar qilingan.

Avvalroq AQSh prezidenti lavozimiga kirishgan Donald Tramp Bayden maʼmuriyatining boshqa farmonlari qatorida Gʻarbiy Sohildagi isroillik koʻchmanchilarga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilgan edi.

19-yanvar sanasidan G‘azo sektorida sulh kuchga kirdi. 42 kun davom etadigan birinchi bosqich doirasida Isroil 33 fuqarosini qaytaradi, buning evaziga qamoqxonalardagi 700 nafar falastinlik qo‘yib yuboriladi.

Maqola muallifi: I. Farhodova

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12500 | Инструменты