Elektrotexnika sanoatini 2025–2027-yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yo'nalishlari belgilandi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston va Malta o‘rtasida diplomatik pasport egalari uchun o‘zaro vizasiz rejim joriy qilish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Qonun bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida vakolatli davlat organi sifatida belgilanmoqda. Vazirlikka bu bo'yicha bir qancha huquq va majburiyatlar belgilandi.
O'tgan yili O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1,45 kvadrillion so‘mdan oshdi. Bu miqdor yil davomida Markaziy bank eʼlon qilgan dollar kurslarining o‘rtacha miqdoridan kelib chiqilsa, taxminan 115 mlrd dollarga teng bo‘ladi.
Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi 59-maktabning 11-sinf o‘quvchisida sil kasalligi aniqlangan. Bu haqda SSV ma'lum qildi. Tekshiruvlar davomida 4 nafar kishida kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boshlangan. Shundan so'ng 59-sonli umumtaʼlim maktabi direktoriga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hozirgi vaqtda maktab vaqtincha yopilib, o‘quvchilar darslarni boshqa maktablarda o‘tmoqda.
“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda olingan foto – va (yoki) videotasvirni ularni obro‘sizlantirishga olib keladigan tarzda buzib tarqatish, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish” uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning O'zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish tartibi soddalashtiriladi.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda transportda bezorilik, yaʼni ayrim haydovchilar tomonidan boshqarish madaniyatiga rioya qilmay, transport vositasini keskin boshqarish va boshqa harakatlarda ifodalangan “agressiv boshqarish”, “drift”, “shaxmat” shaklida harakatlanish, yo‘llarda to‘siqlarni paydo qilish kabi qoidabuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
Kafolatlash hodisasi ro‘y berganda Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan bir omonatchiga har bir bankda kafolatlash obyektining qoldig‘i 200 mln so‘m miqdorida yoki undan kam bo‘lsa to‘liq hajmda kompensatsiya to‘lanishi belgilab qo‘yilmoqda.
Qonun loyihasi bilan O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasi (ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish) taqiqlanmoqda.
Mahalla raisi “mahalla yettiligi” va mahallaga biriktirilgan davlat organlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini tashkil etadi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,9 ming nafarga yoki 60,7 % ga oshgan.
Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda maqbullashtirilib, ularning aniq miqdori belgilanmoqda.
Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12500 | Инструменты