Huawei 2
O‘zbek kino san’atida o‘z o‘rniga ega bo'lgan aktyor Abror Bakirov vafot etdi

Bakirovlar sulolasi vakili, aktyor va rejissyor Abror Bakirov 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Abror Bakirov 1965-yil 26-aprel kuni Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

Qayd etilishicha, u o‘zbek kino va teatr san’atida o‘z o‘rniga ega bo'lgan. Bakirov “Afyun girdobi”, “Qandahorda toblanganlar”, “Bir qadam o‘ngga, bir qadam chapga”, “Oltin devor”, “Ivanov va Rabinovich” kabi filmlarda ishtirok etgan.

Uzreport.news tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga