Joriy yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Kurbanov va Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri armiya generali Yashar Gyuler o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida general-leytenant B.Kurbanov general Yashar Gulerni Turkiya Milliy mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan samimiy tabrikladi.
Muloqot davomida vazirlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqboldagi rejalarni muhokama etishdi.
Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik sohalardagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, jangovar tayyorgarlik va harbiy ta’lim yo‘nalishlarida aloqalarni yanada jadallashtirishga kelishildi.
Suhbat yakunida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri armiya generali Yashar Gyulerni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga taklif qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21518 | Инструменты