Huawei 1
O‘zbekistonda “Sanoat ipotekasi” asosida 170 mln dollarlik 7 ta loyiha ishga tushiriladi

Binolarning fasad qismida fibro tolali paneldan foydalanib, energiya sarfini yana 10 foizga kamaytirish mumkin. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Muhimi, fibro tolali panellar narxi olovga chidamli boshqa fasad qoplamalariga nisbatan 20 foizgacha arzon. Bu mahsulotni ishlab chiqarishda asosiy komponent hisoblangan – sement va boyitilgan qum o‘zimizda yetarli.

Mutasaddilarga bunday energiya tejamkor zamonaviy qurilish materiallari loyihalarini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. “Sanoat ipotekasi” asosida avtoklav gazobeton, fibrotsement panel, geotekstil, bazalt kabi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha 170 million dollarlik 7 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish ikki yilda 1,2 karra oshgan bo‘lsa-da, ko‘rilgan choralar hisobiga energiya sarfi 1,3 barobar, energiya sig‘imi 1,6 barobar kamaydi.

Bugungi kunda ilg‘or xorijiy korxonalar ishlatib bo‘lingan issiqlik energiyasidan qayta foydalanish orqali elektr ishlab chiqarish texnologiyasini faol qo‘llamoqda.

Misol uchun, Navoiydagi “Qizilqumsement” pechlarni, issiqlik almashish uskunalarini rekonstruksiya qilib, yiliga 37 million kilovatt soat elektr iqtisod qildi.

Mutasaddilarga energiya sarfi yuqori bo‘lgan 34 ta korxonada 1 noyabrgacha energoauditni yakunlab, yiliga 300 million kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilishni taʼminlash topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92402 | Инструменты