Huawei 1
Shaxmat: Abdusattorov jamoasi Londondagi global liga musobaqasida yetakchi

“Global Chess League “Tech Mahindra”ning Londonda davom etayotgan ikkinchi tur musobaqalarida Nodirbek Abdusattorov dona surayotgan “PBG Alaskan Knights” jamoasi kechagi ikkita o‘yinda ham g‘alabaga erishdi.

Kechagi bahslarda “American Gambits” va "upGrad Mumba Masters”ni mag‘lubiyatga uchratgan Nodirbek Abdusattorov jamoasi 9 ochko bilan 6 ta jamoa orasida yetakchiga aylanib oldi.

Mazkur turnir o‘yinlarida Abdusattorov avvaliga “American Gambits” jamoasi a’zosi Yan-Kshishtof Duda bilan durang o‘ynadi. Keyingi bahslarda “Triveni Continental Kings” a’zosi xitoylik I Veyni dog‘da qoldirgan bo‘lsa, “upGrad Mumba Masters” vakili hindistonlik Vidit Santosh Gudjarati bilan murosa yo‘lini tanladi.

Mahoratli shaxmatchimiz Javohir Sindorov esa “Triveni Continental Kings” safida ikkita bahsda dona surdi. Sindorov ilk o‘yinda “PBG Alaskan Knights” a’zosi Nixal Saringa imkoniyatni boy berdi. Keyingi o‘yinda “Alpine Sg Pipers” a’zosi Deniyel Dardxani bilan kechgan bahsda g‘alabani tantana qildi. Javohir Sindorov jamoasi 3 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.  

Shuningdek, “upGrad Mumba Masters”, ikkinchi o‘rindan joy olgan. 4- 5-pog‘onalarda joylashgan “Alpine Sg Pipers” va “American Gambits” vakillarida ham 3 ochko mavjud. So‘nggi pog‘onada borayotgan Vishvanatan Anand sardorligidagi “Ganges Grandmasters” jamoasi hozircha biron bir ochko qo‘lga kirita olganicha yo‘q.

Bugun, 5 oktyabr kuni o‘tkaziladigan liga bahslarida “Ganges Grandmasters”-“PBG Alaskan Knights”, “American Gambits”–“Triveni Continental Kings”, “upGrad Mumba Masters”–“Alpine SG Pipers”, “Triveni Continental Kings”-“Ganges Grandmasters” jamoalari ishtirokida qiziqarli musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollaridan iborat “Global Chess League “Tech Mahindra” turniri 12 oktyabrga qadar davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты