Ombudsman tomonidan joriy hafta davomida bir qator penitensiar muassasalariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Jumladan, Samarqand viloyatidagi 37-sonli manzil-koloniyasi va 7-son tergov hibsxonasi, Andijon viloyatida joylashgan 3-son tergov hibsxonasi, Qo‘rg‘ontepa tumani vaqtincha saqlash hibsxonasi, respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy markazi Andijon mintaqaviy filiali, Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa bo‘limi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari, Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan 6-son tergov hibsxonasi, Buxoro viloyatidagi 4-son tergov hibsxonasi, Surxondaryo viloyatida joylashgan Muzrabot tumani vaqtincha saqlash hibsxonasi va mastlik holatida bo‘lgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish punkti hamda Toshkent shahar 1- sonli “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi.
Monitoringda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari bilan bir qatorda jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.
Monitoring tashriflari davomida jazo muddatini o‘tayotgan va yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, oshxona, tibbiyot bo‘limi, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini saqlash joylari, sport zallari, to‘garaklar xonasi, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, tintuv xonasi, saylgoh, tergovchi, advokatlar va onlayn sud xonalaridagi sharoitlar, mehnatga jalb qilingan shaxslarning ish jarayonlari, hududlardagi videokuzatuv kameralari hamda issiqlik ta’minoti holati o‘rganildi.
“Ombudsman quti”laridagi murojaatlar qabul qilinib, mahkum va mahkumalar bilan jamoaviy va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
O‘zaro suhbatlar jarayonida yopiq muassasalardagi sharoitlar, xodimlarning muomalasi, mehnat huquqlarining ta’minlanish holati haqidagi fikrlar tinglandi.
Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman ta’sir choralari shakldagi hujjatlar kiritiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31600 | Инструменты