Butunjahon boks tashkiloti Aleksandr Usikka WBO kamarini himoya qilishi uchun rasmiy va majburiy raqib tayinladi.
Ukrainalik jahon chempioni o‘z kamarini Yangi Zelandiya vakili Jozef Parkerdan himoya qiladi. Bokschilar va ularning jamoalari ixtiyorida kelishib olish uchun 30 kun muhlat bor. Agar belgilangan muddatda tomonlar kelishuvga erishmasa, WBO promouterlar uchun ochiq savdo eʼlon qiladi.
Ayni paytda Aleksandr Usikning asosiy maqsadi yana mutlaq jahon chempioni bo‘lish. Buning uchun u IBF chempionlik kamarini qaytarib olishi kerak bo‘ladi. Hozirda ushbu kamar Daniel Dyubuaga tegishli bo‘lib turibdi.
Usikning menejeri Aleksandr Krasyukning aytishicha, hozirda Dyubuaning jamoasi bilan muzokara davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31600 | Инструменты