Huawei 1
15-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarni o‘qishdan chetlatish taklif qilinyapti

Mazkur hujjat loyihasi matniga tegishli vazirlik va idoralar ham o‘z munosabatini bildirgan. Xususan, «Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi» loyiha ofisi hujjatdagi akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarni o‘qishdan chetlatish taklifiga qarshi chiqqan.

Belgilangan tezlikdan 10 km/soat chegirib, so‘ng jarima qo‘llash rejalashtirilyapti

Qonun loyihasi bilan tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar bo‘yicha radar va spidometrlar ko‘rsatkichlari xatolaridan kelib chiqib, qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlangan holda ma’muriy jazo qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda.

Toshkentda o‘rtacha ta’mirdagi xonadonlar uchun ijara narxlari pasaymoqda

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari 2024-yilning noyabr oyidan beri arzonlab kelayotgan bo‘lsa, to‘liq ta’mirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlarida ko‘tarilish kuzatildi.

Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi.

Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan 10 foizgacha bo‘lgan miqdorda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi abituriyentlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladi.

Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida yashil energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to'g'risidagi bitim tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qurilish vazirligi huzurida “Issiqlikta'minoti” kompaniyasi tashkil etiladi

2025 yil 1 iyundan markazlashgan issiqlik ta’minoti mavjud hududlarda yangi qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ma’muriy binolar, ijtimoiy soha muassasalari, sanoat va tadbirkorlik sub’yektlari bino va inshootlarining issiqlik tarmoqlariga ulanishi majburiy hisoblanadi.

Xorazm viloyati IIB boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Yunusobod tumani IIBda boshqarma boshlig‘i Abdumajid Shermuhamedov Xorazmga ishga o‘tdi.

“Yo‘lga emas, kadrga qara, deyishdi. Shundan keyin boshqaruvni yo‘qotdim” — Sabrina Jabborovani urib yuborgan aktrisa uzr soʻrab chiqdi

Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” klipida bosh rollardan birini ijro etgan Sevinch voqeaga izoh berib, qonun oldida javob berishga tayyorligini aytdi.

Qo‘qonda “103” mashinasida o‘tin tashildi

Mazkur holat yuzasidan Respublika TTYO markazi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31616 | Инструменты