Huawei 1
O'mon bilan transport-logistika sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

O'zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O'mon transport, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Xamis al-Shamaxi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog'ida ikki davlat o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish, O'monning logistika kompaniyalari va portlari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xamis al-Shamaxi joriy yilning 1-3-iyul kunlari O'zbekistonga amalga oshirgan tashrifini mamnuniyat esga oladi va mamlakatimiz bilan barcha sohalarda aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi. U, shuningdek, O'zbekistonning Markaziy Osiyo va Ko'rfaz arab davlatlari o'rtasidagi o'zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo'yicha barcha tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100817 | Инструменты