“UzAuto Motors” birinchi krossover Chevrolet Tracker avtomobilining sotuvi boshlanganini rasman ma’lum qildi. Xaridorlar bugun, 30-avgustdan boshlab avtomobilni sotib olish uchun shartnoma tuzishlari mumkin.
Ushbu yangi model o‘zining zamonaviy tashqi ko‘rinishi hamda salon interyeri shuningdek, GM tomonidan ishlab chiqarilgan CSS Prime tejamkor dvigateli, hamda intellektual funksiyalar va xavfsizlik tizimlari jamlanmasi bilan ajralib turadi.
Chevrolet Tracker texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:
- 1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 132 ot kuchi quvvatiga ega zamonaviy uch silindrli CSS Prime turbomotor;
- 6-pog'onali avtomatik uzatmalar qutisi;
- aralash siklda tejamkor yoqilg'i sarfi 6.9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yo’lda harakatlanish- 5.6 l/100 km.
Xavfsizlikni ta'minlash tizimi
- past tezlikda avtomatik tormozlash;
- ko’rinishi cheklangan joylar monitoringi;
- faol favqulodda tormozlash;
- oldinda turgan to'siqlar haqida ogohlantirish;
- frontal to'qnashuv haqida ogohlantirish;
- 6 ta xavfsizlik yostiqchalari.
Qulaylik
- yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to'xtash tizimi;
- haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (klimat kontrol);
- kruiz-kontrol;
- aqlli kalit (smart key) va dvigatelni ishga tushirish;
- charm qoplamali 3 spitsali rul;
- yomg’ir datchigi;
- eko-charmdan o'rindiqlar qoplamalari;
- simsiz zaryadlash;
- 8 dyuymli sensor displeyga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto);
- to'liq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit chiroqlar.
Kompaniyaning ta'kidlashicha, 2023-yildan boshlab Chevrolet Tracker qo'shimcha opsiyalar: tashqi oynalarni isitish tizimi, old o’rindiqlarni isitish, oyna tozalagich atrofini isitish, ikkinchi orqa qator o’rindiqlari isitish tizimi, elektr mexanizmga ega haydovchi o'rindig'i, rul isitish tizimi, himoya karteri va «Redline» paketida taqdim etiladi.
Mazkur avtomobilni “UzAuto Motors”ning rasmiy saytida nomlari keltirilgan, avtorizatsiyadan o`tgan dilerlik markazlarida sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu dilerliklarda avtomobil bilan tanishish hamda texnik xususiyatlarini o'rganish uchun test-drayv ham mavjud.
Narx
- Boshlang'ich komplektatsiya: 179 mln so'm;
- LS komplektatsiya: 209 mln so'm;
- LTZ komplektatsiya: 229 mln so'm;
- Premier komplektatsiya: 249 mln so'm.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90707 | Инструменты