Huawei 1
O'zbekistonda endi tarixiy obyektlar bor ko‘chalarga 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari kiritilmaydi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tarixiy madaniy meros obyektlari joylashgan ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari harakatlanishi taqiqlanadi.

Hujjatga asosan, chiqindi to‘plash hamda ikkilamchi xomashyoni qabul qilish shoxobchalari moddiy-madaniy meros ko‘chmas mulk ob’yektlarining qo‘riqlanadigan chegaralaridan tashqarida joylashtiriladi.  

Shuningdek, moddiy-madaniy meros ko‘chmas mulk ob’yektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to‘plash va saqlash joylari binolar fasadining transport hamda piyoda tranzit kommunikasiyasi ko‘rinmaydigan zonasida tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112816 | Инструменты