Joriy yilning 26-sentyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlangan oliy taʼlim muassasalari milliy reytingi va akademik litseylar reytingini eʼlon qilishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Unda Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan talablar bo’yicha olib borilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ilk marotaba aniqlangan akademik litseylar reytingi ham eʼlon qilindi Bunda mamlakatimizdagi bitiruvchisi mavjud boʻlgan 65 ta akademik litseylar faoliyati samaradorligi tahlil qilindi (2021-yil faoliyat yakunlari boʻyicha).
Unga ko’ra, akademik litseylarda taʼlim sifatiga baho berish toʻrtta muhim yoʻnalishda 7 ta indikator asosida amalga oshirildi:
Yakuniy natijalarga koʻra umumiy reytingda yuqori 5 talikdan quyidagi akademik litseylar oʻrin oldi:
— “International House-Tashkent”
— Toshkent xalqaro Vestminster universiteti
— Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
—Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti litseyi
— Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseylari
Reytingdagi keying 5 ta oʻrinlarini esa:
— Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey
— Qarshi davlat universiteti qoshidagi akademik litsey
— Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali qoshidagi akademik litsey
— Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litsey
— Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseylari egalladi.
Reyting natijalari boʻyicha uzluksiz 3 yil davomida taʼlim sifatiga oid koʻrsatkichlarida salbiy dinamika kuzatilgan soʻnggi 5 ta oʻrindan birini egallab kelgan akademik litseylar boshqa oliy taʼlim muassasasi tasarrufiga oʻtkaziladi yoki boshqa turdagi taʼlim muassasasi sifatida qayta tashkil etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21506 | Инструменты