Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.
Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.
Jumladan, 2024-yil 1-iyul holatiga 215 392 ta tashkilotning 1 mln nafardan ziyod xodimida 1,2 mlndan ortiq soliq obyekti bo‘yicha 501,3 mlrd so‘m (yer solig‘i - 295,1 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 206,2 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Shundan:
- 83,4 mlrd so‘m - budjet tashkilotlari xodimlari;
- 14,9 mlrd so‘m - nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
- 403 mlrd so‘m - tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):
- qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 62,6 mingta tashkilotda ishlovchi 161,4 ming nafar xodimning soliq qarzi - 106,5 mlrd soʻm;
- sanoat sohasidagi 25,8 mingta tashkilotda ishlovchi 206 ming nafar xodimning soliq qarzi 94,3 mlrd soʻm;
- savdo sohasidagi 54,2 mingta tashkilotda ishlovchi 98,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 66,6 mlrd soʻm;
- qurilish sohasidagi 12,1 mingta tashkilotda ishlovchi 64,9 ming nafar xodimning soliq qarzi - 45,2 mlrd soʻm;
- tashish va saqlash sohasidagi 6,8 mingta tashkilotda ishlovchi 45,8 ming nafar xodimning soliq qarzi - 18,9 mlrd soʻm;
- yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 11,9 mingta tashkilotda ishlovchi 23,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 18,1 mlrd soʻm;
- sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4,9 mingta tashkilotda ishlovchi 12,9 ming nafar xodimning soliq qarzi - 6 mlrd soʻm;
- axborot va aloqa sohasidagi 2,6 mingta tashkilotda ishlovchi 11,8 ming nafar xodimning soliq qarzi - 4,5 mlrd soʻm;
- boshqa faoliyat turlari sohasidagi 20,8 mingta tashkilotda ishlovchi 82,1 ming nafar xodimning soliq qarzi - 42,9 mlrd soʻm.
Xodimlarida soliq qarzi ko'p bo'lgan tashkilotlar – TOP-3:
- Temiryo‘llarinfratuzilma" AJ - 5,7 mlrd so‘m;
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ - 5,6 mlrd soʻm;
- “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ - 4,8 mlrd soʻm.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты