Huawei 1
O'zgidromet bu yil qish mavsumi qanday kelishi bo'yicha prognozlarini e'lon qildi

O'zgidrometning 2022-2023- yillarning qish mavsumi uchun tuzilgan dastlabki hisoblariga ko‘ra, qish mavsumi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari atrofida va undan biroz ko‘p va yog‘ingarchilik taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.

Kutilayotgan qish mavsumi davomida sovuq ob-havo davrlarida harorat 5-10ogacha sovuq, shimolda esa 15-20o gacha sovuqning pasayishi ehtimoldan holi emas, bu qish oylari uchun iqlim me’yoridan 5-8oga pastdir.

So‘nggi 20 yil ichida 2007-2008, 2011-2012-yillardagi qish sovuq va uzoq davom etdi, bu o‘rtacha iqlim qiymatlaridan 3-4o ga past bo‘ldi. Ushbu qishlarning ayrim kunlarida havo harorati Toshkentda kechalari 15-17o gacha, kunduz kunlari esa 8-13o gacha pasaydi.

Bunday ob-havo sharoiti odatda Rossiyaning Yevropa hududidan, Uraldan, ba’zan, hatto G‘arbiy Sibirdan sovuq havoning kirib kelishi hisobiga vujudga keladi.

Eng iliq qish oylari esa 2003-2004, 2008-2009, 2009-2010, 2021-2022 yillarga to‘g‘ri keladi, Toshkentda o‘rtacha mavsumiy harorat me’yordan 3-5o ga yuqori bo‘lgan. Umuman 2015-2016-yillarning qish mavsumi eng iliq qish mavsumi bo‘lib, qishning o‘rtacha harorati me’yordan 5-6o ga yuqori bo‘lgan.

Eng iliq qish davrlarida kunduzgi havo harorati 20-23o gacha iliq, ayrim kunlarda esa 25-27ogacha iliq ko‘tarilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20715 | Инструменты