Huawei 1
Parijda O‘zbekiston turizm forumi bo‘lib o‘tadi

Turizm qo‘mitasi tomonidan 2025-yil 10-mart kuni Fransiyaning Parij shahrida O‘zbekiston turizm forumi tashkil etiladi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti va Fransiyaning yetakchi turoperatorlari hamda agentliklari bilan B2B uchrashuvlari rejalashtirilgan bo‘lib, bu quyidagilar uchun noyob imkoniyatlar yaratadi:

- ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va yangi hamkorliklar o‘rnatish;

- O‘zbekistonning sayyohlik mahsulotlari va yo‘nalishlarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish;

- shartnomalar va bitimlar imzolash;

- o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

Forum Fransiya va Yevropa mamlakatlari sayyohlik bozorida O‘zbekistonning zamonaviy sayyohlik imkoniyatlari, boy madaniy merosi, tabiiy go‘zalliklarini targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30319 | Инструменты