Pensiya jamg‘armasi bolalar nafaqasiga doir fuqarolarni qiziqtirgan ayrim savollarga javob qaytardi. Jamg‘arma axborotiga ko‘ra, bolalar nafaqasi tayinlash uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda fuqarolar yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilish lozim.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashda oilaning har bir mehnatga layoqatli yoshdagi aʼzosini rasmiy daromad manbalarga egaligini aniqlashtirish talab qilinadi. Belgilangan mezonlar asosida oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash yoxud tayinlashni rad etish “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Hukumatning 2021-yil 21-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan nizomda oilada rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan, oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan, mehnat organlarida hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila aʼzosi mavjud bo‘lgan hollarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad qilinadi. Nizomning ushbu talabi bola 3 yoshga to‘lgunicha parvarish qilayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
2021-yil 1-sentabrdan boshlab bolalar nafaqasi to‘lovlarining har oylik miqdori quyidagicha belgilangan:
Shuningdek, bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12717 | Инструменты