Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida, 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich taʼminlash ishlari boshlanadi.
“Turar-joyingizda yoki rahbarlik qilayotgan muassasangizda issiqlik taʼminoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklarni aniqlasangiz yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSH va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni toʻlaqonli amalga oshirilmayotganligining guvohi boʻlsangiz 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122618 | Инструменты