Huawei 1
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida YTH sodir bo‘lib, oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar qildi

Hodisa 2024-yil 11-oktyabr kuni soat 05:45 da Namangan viloyati Pop tumani Qamchiq dovoni hududida sodir bo‘lgan.

38 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Toyota Prado avtomashinasi belgilanmagan joyda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, 28 yoshli piyoda og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101413 | Инструменты