Huawei 1
Qashqadaryoda 17 yoshli qiz 16 qavatli tomdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi

Qashqadaryo viloyatida 17 yoshli qiz 16 qavatli uyning tomidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qildi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 7-fevral kuni soat 09:35 atrofida 2007-yilda tug‘ilgan Qarshi shaharda joylashgan 16 qavatli uyning yuqori tom qismidan o‘zini-o‘zi pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilishi oqibatida vafot etgan. Hodisani ko‘rgan fuqarolar qizni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq qiz ularning gaplariga quloq solmagan. 

Marhuma qiz Qarshi shahridagi  12-umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. 

Hozirda hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Samarqandda 14 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21101 | Инструменты