Huawei 1
Qashqadaryoda gazlangan suv sotish apparati portlashi sabab bir kishi halok bo‘ldi

2023-yil 15-iyun kuni taxminan soat 12:00 larda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani dehqon bozori oldida tumanni “Guliston” MFYda yashovchi T.Y.ga tegishli qoʻlbola usulda yasalgan gazli suv tayyorlovchi apparati suv saqlash idishiga kislorodli ballondan koʻp bosim berilishi oqibatida, yorilib portlash sodir boʻlgan.

Natijada Kitob tumani va Shahrisabz shahrida yashovchi 2 nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan  D.A. vafot etgan.

Holat yuzasida Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20721 | Инструменты