Huawei 1
Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz 950 mingga yaqin dori vositalari yo‘q qilindi

Shahrisabz tumanidagi J.Choriyevning yashash xonadonida o‘tkazilgan tekshirishda fuqaro sifatsiz dori vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Hisob kitoblarga ko‘ra, isteʼmolga yaroqsiz dori vositalarining miqdori 11 ming 749 qutida jami 942 ming 709 dona bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudining 26.04.2024 yildagi qarori bilan J.Choriyev O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 165/1-moddasi aybli deb topilgan.

Huquqbuzardan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan jami 76 mln. 260 ming so‘mlik saqlash muddati o‘tgan va inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan dori vositalarini tegishli tartibda yo‘q qilish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar ishtirokida mazkur ijro hujjati ijrosi taʼminlandi.

Shuningdek, sudlarning tegishli ijro varaqalariga asosan 1000 quti tamaki va spirtli ichimliklar ham tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100817 | Инструменты