Huawei 2
Qashqadaryoda moratoriyga qaramasdan ko‘p yillik chinor daraxtlari kesib tashlandi

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani markazida ko‘p yillik chinor daraxtlari kesib tashlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kesishga viloyat Ekologiya boshqarmasi ruxsat bergan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi. Noroziliklar ortidan Kitob tumani hokimligi vaziyat yuzasidan izoh berdi. 

«Kitob tumani hokimining 2019-yildagi qaroriga asosan, tuman hududidagi  4R-23L avtomobil yo‘lining 0-5 km qismida to‘la ta’mirlash ishlari olib borish jarayonida yo‘l qurilishi mintaqasiga tushgan ko‘p yillik daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi davlat unitar korxonasi va viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi o‘rtasida 2019 yilda rasmiylashtirilgan hisob fakturaga asosan salkam 250 million so‘m to‘lab berilishi nazarda tutilgan va ushbu mablag‘lar to‘lab berilgan», deyiladi hokimlik munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini  transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qo‘yilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62720 | Инструменты