Qashqadaryodagi tuman va shaharlarga yosh hokimlar vaqtinchalik tayinlanmoqda
Kecha Qashqadaryodagi tuman va shahar hokimlari tibbiy ko'rikdan o'tish va davolanish uchun Toshkent shahriga yo'l olgani, ularning o'rnini vaqtinchalik yosh hokimlar egallashi haqida xabar qilgan edik.
Bugun yosh hokimlar tayinlana boshlandi. Qarshi tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Rajabov Shahzod To'lqin o'g'li tayinlandi.
Rajabov Shahzod To'lqin o'g'li Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Yakkabog'da Setora Ergashova viloyat hokimi tomonidan 10 kun mobaynida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ahmedov Mirjalol Ali o'g'li – Kasbi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
M.Ahmedov Kasbi tumani 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi Yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyati yuritadi.
Shahrisabz shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish 11 umumiy o'rta ta'lim maktabi rus tili fani o'qituvchisi Sabrina Tursunovaga yuklatildi.
Qashqadaryo viloyati hokimi o'rinbosarlari, shahar va tuman hokimlari 10 kun davomida Toshkent shahrida tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra davolanib, so'ngra o'z faoliyatini boshlaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122914 | Инструменты