Qashqadaryolik paralimpiyachilarga viloyat hokimi ham sovg'a berdi
Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan sportchilar orasida Qashqadaryo viloyatidan Asila Mirzayorova (Qarshi shahri), Dovurxon Karamatov (Koson tumani) va Nuriddin Davlatov (Chiroqchi tumani)lar o'z viloyatlarida kutib olindi.
Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabr bermoqda.
YXabaringiz bor, musobaqa davomida Asila Mirzayorova kumush, Dovurxon Karomatov kumush medallariga ega chiqishgan boʻlsa, Nuriddin Davlatov musobaqani omadsiz yakunlagan edi.
Bugun sportchilarni viloyat hokimi, keng jamoatchilik va yoshlar katta tantanalar bilan kutib oldi. Marosim davomida Prezident sovgʻalari, xususan, medal sohiblariga Gentra avtomobili va Nuriddin davlatovga pul mukofoti topshirildi.
Maʼlumot oʻrnida, Prezident Farmoni bilan, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan Davurxon Karomatov va Asila Mirzayorovalar taqdirlangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42916 | Инструменты