Huawei 1
Tokio-2020: Dovurxon Karomatov para dzyudo bahslarida kumush medalga sazovor bo'ldi

Xabaringiz bor, Tokioda o'tayotgan paralimpiya o'yinlarining para dzyudo bahslarida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Dovurxon Karomatov yarim finalda meksikalik Adrian Sanchesni yutib finalga chiqdi.

Finalda u ozarbayjonlik Xuseyn Raximliga qarshi tatamiga chiqdi.

“Oltin ochkolar”ga qadar kechgan kurashda vakilimiz ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ushbu natijadan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 11 taga yetdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52208 | Инструменты