Rashid Pirmatov “O'zbekiston metallurgiya kombinati” AJga rahbar etib tayinlandi
Bugun “O'zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi hamda kombinat rahbariyatining kengaytirilgan tarkibdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ishtirok etdi.
Shu munosabat bilan majlisda tashkiliy masala ko'rildi. "O'zmetkombinat" AJ Kuzatuv kengashi ko'p yillar davomida jamiyatda faoliyat yuritib kelgan Rashid Pirmatovni aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqladi.
"O'zmetkombinat" AJ kuzatuv kengashi shu kuni Dilshod Axmedovni kombinat boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari etib tayinlash to'g'risida qaror qabul qildi. Ushbu lavozimga ham malakali va tajribali mutaxassis, ishlab chiqarish tashkilotchisi tayinlandi.
"O'zmetkombinat" AJ rahbariyatining kengaytirilgan yig'ilishida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi, mamlakatning yetakchi qora metallurgiya korxonasini rivojlantirishning istiqbollari ko'rib chiqildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112201 | Инструменты