Huawei 1
Rossiyadan 15 nafar ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Xabaringiz bor, Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar,  Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda  Rossiya Federatsiyasining 6 ta hududida joylashgan 10 nafar bolani vatanga qaytarish bo'yicha ishlar boshlangan edi.

O'rganishlar jarayonida Ijtimoiy himoya milliy agentligi,  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasalari ko‘magida yana 5 nafar bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgani aniqlandi.

Bugun tongda jami 15 nafar bolalar O‘zbekistonga qaytarildi.

O'z oilalariga qaytarilishiga qadar bolalarning 10 nafari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko'rsatish markaziga, qolgan 5 nafari esa vaqtinchalik Toshkent shahridagi Bolalar uyiga joylashtirildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibidagi «Inson» markazlari xodimlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar faol ish olib borib, bolalarni qabul qilish uchun ularning oilalarini har tomon tayyorlashda ishtirok etishdi. Bolalar qaytarilgach, mutasaddi xodimlar ularning oilaviy muhiti va bolaning holatini muntazam monitoring qiladi va zaruriyat tug'ilganda ijtimoiy xizmatlar biriktiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121514 | Инструменты