Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘ziga nisbatan impichment eʼlon qilinganidan so‘ng taslim bo‘lmasligini elon qildi. U bu haqida bugun xalqqa qilgan murojaatida aytib o‘tdi.
“Men hech qachon taslim bo‘lmayman. Mamlakatim uchun oxirgi daqiqagacha tanqidlar, rag‘batlantirishlar va qo‘llab-quvvatlashni yodda tutgan holda barcha imkoniyatlarimni ishga solaman”, — dedi prezident.
Yun Sok Yol, shuningdek, barcha saʼy-harakatlarining behuda bo‘lishi mumkinligidan afsusda ekanini bildirdi. Shu bilan birga, u davlat xizmatchilarini qonun bo‘yicha prezident vazifasini bajaruvchi bo‘ladigan bosh vazir Xan Dok Su bilan birgalikda ishlashga chaqirdi va koreys xalqining xavfsizligini taʼminlashni so‘radi.
Endi mamlakat Konstitutsiyaviy sudi prezidentning impichmenti bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni boshlaydi va uni tasdiqlash yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jarayon 6 oygacha davom etishi mumkin. Agar Yun Sok Yol lavozimidan chetlatilsa, yangi prezidentlik saylovi o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121515 | Инструменты