Huawei 1
Yuqorichirchiq tumanida 649 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi, “Hududgaztaʼminot” AJ va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yuqorichirchiq tumanning “Farovon” MFYda joylashgan xonadonda 70 sotixlik hududda 2 ta issiqxonaning gaz jihozlari hech qanday loyiha hujjatlarisiz tabiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Xonadondagi elektron gaz hisoblash uskunasi tekshirilganda mazkur hisoblagich roʻyxatdan oʻtkazilmagani va taʼminot korxonasi bilan tegishli shartnoma tuzilmaganligi maʼlum boʻldi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 649 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121514 | Инструменты