Huawei 1
Ukraina FIFA‘dan uzr so‘rashni talab qildi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi FIFA‘dan Qrim Ukraina hududi sifatida ko‘rsatilmagan xarita uchun uzr so‘rashni talab qildi.

13 dekabr kuni 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun Yevropa saralash bosqichining qurʼa tashlash marosimi namoyish qilindi. Unda turnirda bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan mamlakatlar ko‘rsatilgan xarita taqdim etilgan edi. Bu xaritada Qrim Rossiyaning bir qismi sifatida belgilangandi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Tixiy FIFA‘dan xaritani o‘zgartirishni va jamoatchilik oldida uzr so‘rashni talab qildi.

“Hammasi joyidami, FIFA? Kechagi efirda xalqaro chegaralarni o‘zgartirish bilan nafaqat xalqaro huquqni buzdingiz, balki Rossiya propagandasini qo‘llab-quvvatladingiz”, — deya munosabat bildirdi Tixiy.

Bundan tashqari, FIFA‘ga Ukraina Futbol Assotsiatsiyasi ham murojaat qildi. Tashkilotning rasmiy xatida bunday xarita “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi” va “FIFA hamda UEFAning nomuvofiq pozitsiyasi” sifatida ko‘rinadi, deb yozilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121514 | Инструменты