Huawei 1
Rus tilidan sertifikat olish tizimi O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga oid imtihonlarni o‘tkazish va sertifikat berish tizimi O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Migratsiya agentligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu masala Qozon Federal universiteti rahbariyati bilan uchrashuv davomida muhokama qilindi.

“Markazning O‘zbekistonda faoliyat yuritishi Rossiyada ishlash huquqini beruvchi ruhsatnoma (patent) rasmiylashtirishda talab qilinadigan sertifikat olish jarayonlarini sezilarli tarzda yengillashtiradi, xarajatlar kamayadi, hamyurtlarimiz uchun ortiqcha ovoragarchiliklar oldi olinadi”, deyiladi xabarda.

Migratsiya agentligi rahbariyati boshchiligida delegatsiya a’zolari Sankt Peterburgda “Severniy” migratsiya markazida bo‘lib, o‘zbekistonliklar bilan ham uchrashdi. Ularga legalizatsiya jarayonlari, huquqiy maqomini rasmiylashtirish va patent olish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Rus tili imtihonlari hamda tibbiy ko‘rik jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assosiatsiyasi hamda “SberBank” mas’ullari bilan uchrashuvda  “SberBank”ning “Mehnat migranti elektron kartasi” loyihasi muhokama qilindi.

“Mehnat migranti elektron kartasi” — Rossiyada vaqtincha mehnat qilayotgan fuqarolar uchun maxsus ishlab chiqilgan bank kartasi bo‘lib, ularning moliyaviy operatsiyalarini soddalashtirish va rasmiylashtirish maqsadida joriy qilingan.

Foto: Migratsiya agentligi

Delegatsiya a’zolari “Baltiyskiy bereg”, “Migroservis”, “MiruStroy” kabi kompaniyalar vakillari, “Tokio Siti” restoranlar tarmog‘i, “Petrovich” qurilish shirkati va “Baxroma” restorani rahbarlari bilan O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb etish bo‘yicha muzokaralar ham o‘tkazdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21019 | Инструменты