Huawei 2
Samarqand davlat universiteti rektori Osiyo universitetlari assosiasiyasi prezidenti etib saylandi

"Oltoy – Osiyo" V xalqaro ta’lim forumi doirasida Rossiyada Osiyo universitetlari assotsiatsiyasining Kongressi o‘tkazildi. Unda 8 ta davlatdan (O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Armaniston ) 72 ta universitetning rektor va prorektorlari, jami 112 nafar delegat ishtirok etdi.

Ushbu forumda Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov onlayn qatnashdi.

Uchrashuvda 2020-2022-yillardagi ishlarni sarhisob qilish, assotsiatsiyaning yangi a’zolarini qabul qilish,  tasdiqlash, Osiyo universitetlari assosiasiyasi prezidenti va vise-prezidentlarini saylash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

So'nggi qaror bilan Samarqand davlat universiteti rektori Osiyo universitetlari assosiasiyasining yangi prezidenti etib saylandi. Assotsiatsiyaga prezidentlik lavozimining muddati ikki yil bo‘lib, 2022-2024 yillarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Rustam Xolmurodov IT texnologiyalar, agrobiotexnologiyalar sohasini rivojlantirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, mintaqalardan kelib chiqib, ekologik muammolarni bartaraf etish yuzasidan Osiyo universitetlari assotsiatsiyasi tarkibidagi universitetlar o‘rtasida ilmiy guruhlar tuzish yuzasidan takliflarni ilgari surdi.

Bu g‘oyalar nafaqat ta’lim sifatini yaxshilash, balki zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish, yuqoridagi 72 ta universitet o‘rtasida  o‘zaro hamkorlikni doimiy yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga