Huawei 1
Samarqandda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

2024-yil 13-iyul kuni soat 13:00larda Kattaqo‘rg‘on tumani, Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48 “Zarafshon Trakt” avtomobil yo‘lining 94-km.da, haydovchi Midibus SAZ NP 21 rusumli avtomobilida “Payshanba-Kattaqoʻrgon shahar” yo‘nalishida harakatlanib kelib yo‘lning belgilanmagan qismidan chap tomondan oʻng tomonga harakatlanib o‘tayotgan piyodani urib yuborib YTH sodir qilgan.

Oqibatda piyoda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan Kattaqo'rg'on tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты