Huawei 1
Samarqandda “Sharq taronalari” festivali o'tkazilishi munosabati bilan bir qator ko'chalarda avtomashinalar harakati cheklanadi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali va O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 26-avgustdan Registon maydoni, A.Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i va “Mo‘jiza” amfiteatri, «Yoshlik» hamda «Chashma» istirohat bog‘lari, Mustafo Kamol Ota Turk ko‘chasi, Kimyogarlar, So‘lim va Farhod shaharchalarida tadbir kunlari shaharning,

- Registon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan
Registon Panjakent ko‘chalari tutashmasigacha bo‘lgan qismida;

- A.Jomiy ko‘chasining A.Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan
Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

- Universitet xiyoboni ko‘chasining o‘ng tomoni Bo‘stonsaroy ko‘chasidan
O.Mahmudov ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

- B.Mirzo ko‘chasining O.Mahmudov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan  A.Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

- A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan
A.Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

- Shohruh ko‘chasini Pochta ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet
xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

- Beruniy ko‘chasining Qozizoda Rumiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan
Rudakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- «Yoshlik» istirohat bog‘ining yonidagi tor ko‘chada;

- Bog‘dod ko‘chasining Al-Xorazmiy ko‘chasi bilan tutashmasidan 42-
umumta’lim maktabining yonidagi 1-chi tor ko‘chagacha bo‘lgan qismida;

- Kimyogarlar shaharchasi Umid ko‘chasining Ziyolilar ko‘chasidan
«Kimyogarlar» madaniyat uyigacha bo‘lgan qismida;

- So‘lim shaharchasi istirohat bog‘i oldidan o‘tuvchi, kirib boruvchi hamda
yondosh ko‘chalarida;

- Farhod shaharchasi “Zarafshon” istirohat bog‘i oldidan o‘tuvchi, kirib boruvchi
hamda yondosh ko‘chalarida tadbirlar o‘tkazilayotgan kunlarida avtoulov harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

"Barcha yoʻl harakati ishtirokchilaridan yoʻllarda harakatlanganda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlari va YPX xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunishlarini soʻrab qolamiz", - deyiladi xabarda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты