Huawei 1
Samarqandda Cobalt KamAZ bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Hodisa 2-fevral kuni soat 10:30 atrofida Samarqand viloyati Payariq tumani Guliston mahallasidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan

Cobalt haydovchisi xavfli burilish paytida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan “KamAZ” yuk mashinasining yo‘liga chiqib ketib to‘qnashgan.

Oqibatda Cobalt haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonada ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Namanganda mast holda mashina boshqarib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yigit 6 yilga qamalgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21100 | Инструменты