Huawei 1
Sankt-Peterburgdagi axlatxona yaqinidan o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 5-oktyabr kuni tushdan keyin 26-uy yonida, axlat konteyneri orqasidagi ariqda qonga belangan erkak jasadi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, marhum yaqinda Rossiyaga kelgan va Murino shahrida yashagan. Jasad ekspertiza qilish va o‘lim sababini aniqlash uchun o‘likxonaga yuborilgan.

Voqea yuzasidan qotillik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, politsiya voqeaga oydinlik kiritmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100817 | Инструменты