"Sehrli qalamdon" nomli multfilm yaratiladi
“O'zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Futurist Studio” tomonidan "Sehrli qalamdon" nomli multiplikatsion film ustida ish boshlandi.
Mazkur animatsion filmga o'quv qurollari tarkibiga kiruvchi qalamdon asos qilib olingan. Multfilmda bosh qahramon Iqbolning maktabda boshidan o'tkazgan sarguzashtlari, sehrli qalamdon ichidagi qalam, ruchka, qalam yo'ng'ich, chizg'ich, o'chirg'ich va sirkullarning "jonlanib", sohibi duch kelgan muammolarni hal qilishga shaylanishi kabi voqealar tasvirlangan.
"Sehrli qalamdon" multfilmining davomiyligi taxminan 10 daqiqa bo'lib, 3-14 yoshli bolalar auditoriyasiga mo'ljallangan. Rejissyor Nargiza Salomova, bosh animator Aleksandr Xolodov, sahnalashtiruvchi rassom Andrey Yevstigneyev, ovoz operatori Aleksandr Loktev, animatsion film direktori Odil Muhamedov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20801 | Инструменты