Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Qonunda issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish natijasida hosil bo‘ladigan uglerod birliklari muomalasini amalga oshirishning tartibini belgilash hamda issiqxona gazlari chiqarilishining tizimli nazoratini taʼminlashga eʼtibor qaratilgan.
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashning asosiy prinsiplari, monitoringi, hisoboti va verifikatsiya tizimi asoslari, tartibi, qisqartirilgan issiqxona gazlariga egalik qilish huquqlari belgilanmoqda.
Senatorlar tomonidan taklif etilayotgan qonun bugungi kun uchun juda ham muhimligi, lekin unda qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ayrim masalalar ham mavjudligi alohida taʼkidlab o‘tildi.
Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
Jumladan, “issiqxona gazlari” tushunchasini qayta ko‘rib chiqish, mahalliy Kengashlar yoki ijro hokimiyatining issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi vakolatlarini aniq taqsimlash, qonunning ayrim moddalarini chiqarib tashlash lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, qonunda vakolatli davlat organlarini aniq ochib berish, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat organlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi taʼkidlandi.
Senatorlar qonun kelgusida huquqni qo‘llash amaliyotida ayrim nomuvofiqliklarni va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmasligi, “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelishi lozim, degan xulosaga keldi.
Muhokama yakunida ushbu qonun senatorlar tomonidan rad etildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin issiqxona xo‘jaliklari faoliyati qayta tashkil etilishi haqida xabar bergan edik. Faoliyati qayta tashkil etiladigan issiqxona xo‘jaliklarini boshqarish maqsadida tijorat banklari tomonidan investitsiya kompaniyalari tashkil qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12709 | Инструменты