2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha 197 ming 13 ta juftlik nikohdan o'tgan. Bu o‘tgan yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 9750 taga kam.
Statistika qo'mitasi sentyabr oyining o'zida respublika bo‘yicha 31 ming 537 ta nikoh holatlari qayd etilganini ma'lum qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 211 taga kamaygan.
Joriy oyda eng ko'p farg'onalik juftliklar nikohdan o'tgan bo'lib, u yerda qonuniy ravishda 3681 ta oila qurilgan.
Quyida hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo'yicha ma'lumot:
— Samarqand viloyati – 3650 ta
— Qashqadaryo viloyati – 3511 ta
— Namangan viloyati – 3126 ta
— Andijon viloyati – 2889 ta
— Surxondaryo viloyati – 2683 ta
— Toshkent viloyati – 2525 ta
— Toshkent shahri – 2471 ta
— Jizzax viloyati – 1562 ta
— Buxoro viloyati – 1371 ta
— Qoraqalpog‘iston – 1207 ta
— Xorazm viloyati – 1061 ta
— Navoiy viloyati – 969 ta
— Sirdaryo viloyati – 831 ta
Mavzuga doir
O‘zbekistonda yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda xorijda doimiy yashovchilar bilan 1,4 mingga yaqin nikoh ro‘yxatga olindi
Alpha version: 0.9.1.19 build 51501 | Инструменты