Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya chempionlari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Maʼrufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida terma jamoamizning ilk oltin medallarini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilarimiz Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Maʼrufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Asila Mirzayorova uzunlikka sakrashda 5,22 metr natija qayd etib, salkam 30 yil oldingi paralimpiya rekordini yangiladi. Qudratilloxon Maʼrufxo‘jayev yadro uloqtirish bahsida g‘olib bo‘ldi. 

Davlat rahbari ularni qizg‘in tabriklab, mehrli so‘zlarini izhor qildi. Murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirdi. Boshqa sovrindor va ishtirokchi sportchilarga ham salom yo‘llab, muvaffaqiyatlar tiladi. 

Paralimpiyachilarimiz tabrik va doimiy eʼtibori uchun Prezidentga rahmat aytib, yangi g‘alabalarga erishishga vaʼda berdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты