Huawei 1
Shohjahon Jo‘rayevga oid ish jinoyat sudida ko‘riladi. U sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilganlikda ayblanmoqda

Kun.uz'ning sud idoralaridagi manbasiga ko‘ra, xonanda sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilganlikda ayblanib, sud qilinadi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat) birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish JIB Chilonzor tuman sudida ko‘rib chiqiladi. 

Manbaning keltirishicha, Shohjahon Jo‘rayev jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023-yil 7-fevraldagi qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 1,5 mln so‘m jarimaga tortilgan. U 2023 yil 15 mart kuni sobiq turmush o‘rtog‘iga Telegram orqali ovozli xabar yuborib, haqoratlagan holda uning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.

Bundan tashqari, Jo‘rayev o‘zining shu kabi harakatlarini davom ettirib, 2023-yil 12-dekabr kuni ham sobiq turmush o‘rtog‘i istiqomat qiladigan ko‘p qavatli uy yoniga borib, uni haqorat qilgan. 

Jinoyat kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты