Huawei 1
Shokoladli uzum haqida eshitganmisiz? Ushbu meva haqida qiziqarli faktlar

Akebia shokoladli tok, besh bargli shokoladli tok yoki besh bargli akebiya sifatida tanilgan. Vatani — Yaponiya, Xitoy, Koreya. AQSHning sharqiy qismida Jorjiya, Michigan, Massachusetsgacha bo‘lgan hududlarda o‘sadi. Akebia ko‘pincha tepaliklarda, to‘siqlarda, daraxtlarda, o‘rmon chetlari, daryolar bo‘yida va tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi.

Akebia doimiy yashil buta bo‘lib, bo‘yi 10 metrgacha yetadi. Barglari uchida tishli beshta ellips murakkab shaklda joylashgan.

Poyalari yasmiqsimon kulrang-jigarrang rangda. Gullari shokolad hidli. Mevalar kolbasa shaklidagi dukkaklar bo‘lib, meva eti iste’mol qilinadi. Meva tarkibining shirin yuza qismi mavjud bo‘lib, asosan Yaponiyada iste’mol qilinadi. Biroz achchiq ta’mga ega qobig‘i ziravor sifatida ishlatiladi. Poyalari savat to‘qishda ishlatiladi.

O‘simlik poyasida taxminan 30 foiz kaliy tuzlari mavjud bo‘lib, diuretik ta’sirga ega. Bu mevalar ta’mi malinanikiga o‘xshab ketadi, ammo yoqimli shokolad aromasiga ega, shuning uchun bu mevalar shokolodli uzum deyiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты