Huawei 1
Sirdaryoda o‘qituvchi o‘quvchini igna sanchib jazolagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘quvchilar igna sanchish bilan jazolanayotgani aytilmoqda" mazmunidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14-oktyabr kuni Andijon viloyati, Andijon tumanida yashovchi fuqaro E.S. (erkak) IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabda 1-sinfda tahsil olayotgan qizi Gʻ.O. (2017-yilda tug'ilgan) ni o‘qituvchisi A.G. (ayol) qo‘liga igna tiqqanligi va xojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq o‘tkazganligini bildirgan.

Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Jarohat darajasini aniqlash uchun voyaga yetmagan Gʻ.O. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты